22:00 / 14.07.2018
2 926

Belgiya – JCh-2018 musobaqasi bronza medali sohibi

Belgiya – JCh-2018 musobaqasi bronza medali sohibi
JCh-2018 musobaqasi uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda Belgiya hamda Angliya terma jamoalari ro‘baro‘ keldilar. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, belgiyaliklaring g‘alabasi bilan yakunlandi.

Martines shogirdlarining kichik ustunligi ostida o‘tgan bahsning 4-daqiqasidayoq Toma Mene jamoasining tezkor qarshi hujumini Shadlining qanotdan uzatgan to‘pini yaqin masofadan Pikford darvozasi to‘riga joylagan holda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyinchalik belgiyaliklarda yana bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, ammo tanaffusga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi.

Tanaffusdan so‘ng inglizlar ancha jonlanishdi va hujum chizig‘iga Reshford hamda Lingardlar maydon tushirildi va ularda asta-sekin vaziyatlar paydo bo‘la boshladi.

Biroq, Belgiya termasi Angliyani hujumga berilib ketgani uchun jazoladi. Eden Azar 82-daqiqada De Bryuynening ajoyib pasidan so‘ng raqib posboni bilan bir-bir vaziyatda to‘pni yaqin past burchakka yo‘llab, oradan farqni oshirdi.

Shundan so‘ng bu o‘yin g‘olibi kim bo‘lishi oydinlashdi va final hushtagiga qadar boshqa yodda qoladigan vaziyatalr bo‘lmadi.

Shu tariqa, Belgiya Angliya ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, JCh-2018 musobaqasi bronza medali sohibiga aylandi.

JCh-2018
3-o‘rin uchun bahs

Belgiya – Angliya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 4 Mene, 2:0 – 82 Azar.
Belgiya – Kurtua, Kompani, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Vitsel, Shadli (Vermalen, 39), de Bryuyne, Tilemans (Dembele, 78), Azar, Lukaku (Mertens, 60).
Angliya – Pikford, Djons, Stounz, Rouz (Lingard, 46), Maguayr, Delf, Loftus-Chik (Alli, 84), Sterling (Reshford, 46), Dayer, Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Stounz (52), Maguayr (76).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belgiya – JCh-2018 musobaqasi bronza medali sohibi