
Professional ringda muvafaqqiyatli yurishini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov o‘zining navbatdagi jangini Los-Anjeles shahrida o‘tkazdi.
Mazkur jangda bokschimizga meksikalik Daniel Echiverriya raqiblik qildi. Hamyurtimiz ustunligi bilan boshlangan qarama-qarshilikda muxlislar jang tugashini uzoq kutishmadi.
Bokschimizning kuchli va aniq zarbasidan so‘ng meksikalik charm qo‘lqop ustasi jangni davom ettira olmadi. Bu birinchi raundda sodir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida professional faoliyatini boshlagan Shahram bu jangga qadar 2 ta jang o‘tkazib, har ikkisida ham zafar quchgan. Bittasida nokaut qayd etgan.
Professional RingShahram G‘iyosovLos-AnjelesDaniel EchiverriyaBokschimizMeksikalik RaqibJang TugashiKuchli ZarbaJoriy Yil O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar