
Rossiyalik mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin sports.ru nashriga intervyu berdi va unda FIFA referisi Ravshan Ermatovdan kechirim so‘raganini aytdi.
- So‘nggi marta qachon alkogolli ichimlik ichdingiz?
- Mart oxirida. 11 oydan beri spirtli ichimlik ichmayotgan edim. Faqat tug‘ilgan kun va Yangi yil atrofida bu ishni qilaman. Menga shunday yashash qulay. Alkogol kerak emas. Undan voz kechganman - bu yoshga bog‘liq narsa. U faqat zarar keltirishini tushundim. Jonga tegdi.
- Unday bo‘lsa Ravshan Ermatov haqidagi tvitingiz qanday holatda yozilgan?
- Aytdim-ku, mart oxirida ichganman. Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinni Federatsiya kengashining hozirgi va sobiq vakillari bilan restoranda tomosha qildim.
- Mast bo‘lmagan paytingizda ham tilingizga ehtiyot bo‘lishingiz kerak edi.
- Kechirim so‘radim. Aytgancha, o‘tgan hafta Denis Kazanskiy (sharhlovchi) bilan yozishdim. U O‘zbekistonda yarim final va final bahslarini sharhladi. Aytishicha, Ravshan menga sovg‘a yuboripti.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya - Argentina uchrashuvi paytida Utkin "Tvitter"dagi sahifasi orqali jahon chempionati rekordchisi, FIFA referisi Ravshan Ermatovni haqorat qilgan edi. Sharhlovchi keyinroq bu ishi uchun kechirim so‘radi.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar