01:14 / 25.07.2018
3 202

Mirjalol Qosimov: "Bunday ob-havoda nafaqat futbol o‘ynash, balki ko‘chada yurish ham qiyin"

Миржалол Қосимов: "Бундай об-ҳавода нафақат футбол ўйнаш, балки кўчада юриш ҳам қийин"
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" o‘yini (2:1)dan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘ylaymanki, bugungi o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar yaxshi kayfiyatda uyga qaytishdi. Chunki, ikkala jamoa ham hujumkor va shiddatli o‘yin namoyish etib berdi. Futbolchilarimiz ko‘rsatgan o‘yin va uchrashuv natijasidan ko‘nglim to‘ldi. Ularga rahmat aytmoqchiman.

Muhim uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Oson bo‘lmagan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdik. Har bir o‘yinda qiyinchilikka duch kelyapmiz. Xuddi shunday holat boshqa jamoalarda ham ko‘zga tashlanyapti.

Ustiga-ustak kunning juda ham issiq bo‘layotgani ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. Bunday ob-havo sharoitida nafaqat futbol o‘ynash, balki ko‘chada yurish ham qiyin. Mutaxassislar xatto ko‘chaga chiqmaslikka ham chaqirishyapti. O‘zi odatda iyul oyida davralar oralig‘idagi tanaffus bo‘lardi. JCh-2018 sabab bu tanaffus iyun oyiga to‘g‘ri keldi.

Fursatdan foydalanib, jamoamiz, sportchilar va o‘z nomimdan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bugungi tavallud ayyomlari bilan muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan islohotlarida kuch-quvvat tilayman", - dedi M.Qosimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Bunday ob-havoda nafaqat futbol o‘ynash, balki ko‘chada yurish ham qiyin"