08:30 / 27.07.2018
4 445

O‘FA vakili terma jamoaga kim murabbiy bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi (video)

O‘FA vakili terma jamoaga kim murabbiy bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi (video)
Mamlakatimiz futbol muxlislari orasida ayni kunlarda aksariyat suhbat shubhasiz terma jamoamizga qaysi xorijlik murabbiy kelishi va bu haqda qachon rasman e’lon qilinishi haqida bormoqda.

Bugun "Sport" telekanalida namoyish etilgan "Gol" ko‘rsatuvida aynan mana shu masala muhokama qilindi. Ko‘rsatuvga tashrif buyurgan O‘FA matbuot kotibi Yoqubjon Bobojonov terma jamoaga haqiqatdan ham xorijlik mutaxassisning kelishi va u avval boshida va’da qilinganidek terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqanligi haqida aytib o‘tdi. Biroq, ushbu shaxs rasman shartnomaga imzo chekmagunicha bu haqda e’lon qilinmasligini aytdi.

Quyida esa ushbu ko‘rsatuvni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin:

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Misr bilan JCh-2018ga borgan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA vakili terma jamoaga kim murabbiy bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi (video)