Ulug‘bek Baqoyev: "Yigitlarga rahmat"

Ulug‘bek Baqoyev: "Yigitlarga rahmat"
Pepsi Superliga 20-turdan o‘rin olgan “Buxoro”- “Metallurg” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun og‘ir va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Turnir jadvali bo‘yicha hamda ruhiy jihatdan qiyin vaziyatlarda edik. Bugun bekobodliklar ham yomon o‘yin ko‘rsatishmadi chunki ular ham kuchli jamoalar sarasiga kiradi. Shunday bo‘lsada yigitlar maydonda kuchini ko‘rsatib, astoydil harakat qildi. Bugungi g‘alaba va o‘yin uchun yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Metallurg jamoasiga kelgusi o‘yinlarida omad tilayman", - dedi Ulug‘bek Baqoyev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar