
O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sanjar Tursunov Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubida debyut qildi.
K-League 2 musobaqasi 22-turidan o‘rin olgan «Gvangyu» klubiga qarshi bahsda hamyurtimiz 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va oradan 13 daqiqa o‘tgach, raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, «Tejon Sitizen» klubida yana bir hamyurtimiz Shoxruh Gadoyev ham to‘p tepadi. Bu o‘yinda u 55-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ayni paytda «Tejon Sitizen» K-League 2 musobaqasi jadvalida 10ta klub ichida 8-o‘rinni egallab turibdi.
K-League 2, 22-tur
4 avgust
«Tejon Sitizen» - «Gvangyu» - 1:1
Gollar: S.Tursunov (85) - Jung Yong Chong (18)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar