08:30 / 09.08.2018
2 698

PFL bosh direktori: "Klublarga xat borgani reglament aniq o‘zgaradi degani emas"

ПФЛ бош директори: "Клубларга хат боргани регламент аниқ ўзгаради дегани эмас"
Xatning foto shaklini saytimiz o‘quvchilari ham ko‘rgan bo‘lsa kerak. Shuningdek, bu xat futbolga oid boshqa saytlarda ham chiqdi. Shundan beri bu borada ko‘pchilik o‘z fikrini bildirmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda esa qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Gap shundaki, PFL Superliga reglamentiga o‘zgartirish kiritish borasida klublar taklifini bilish uchun xat jo‘natgan. Xatning qisqacha mazmuni: reglamentda belgilab qo‘yilgan "oltin ochkolar" qoidasini bekor qilib, 22-tur o‘yinlaridan keyin chempionatni jamoalar shu paytgacha yig‘gan mavjud ochkolar bilan davom ettirish. Ammo aytib o‘tganimizdek, bu xatning internetda tarqalishi ko‘plab gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi.

Biz esa vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida PFL bosh direktori Omon G‘ofurov bilan bog‘landik. O‘z navbatida Omon Fayzullayevich shunday dedi:

- "Ertalabdan shu ahvol. Hammayoqda vahima. Odamlar reglament o‘zgararkan deb gap tarqatishyapti. Avvalo shuni aytishim kerak, nimadir o‘zgaradigan bo‘lsa, biz buni rasman e’lon qilamiz. Qolaversa Superliga klublariga xat bordi degani reglament aniq o‘zgaradi degani emas. Biz faqat klublarning ham "oltin ochkolar" qoidasiga fikrini bilish maqsadida xat jo‘natdik. Chunki hozirda yuqori va quyi oltilik jamoalari deyarli hal bo‘lib ulgurdi va buning natijasida ba’zi klublarning keyinchalik o‘zi bilan bitta guruhda bo‘lmaydigan klublarga qarshi o‘yini "kerakmas"ga o‘xshab qolyapti. Ularda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq ko‘rinmayapti. Ma’lumki, PFLning maqsadi Superligani imkon qadar yuqori saviyada o‘tkazish, buning barcha takliflarni o‘rganib chiqishga tayyormiz".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL bosh direktori: "Klublarga xat borgani reglament aniq o‘zgaradi degani emas"