Bugun, 15 avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Vazir Dilmurod Nabiyev Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2018-2019 yillar manzilli dasturida belgilangan inshootlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, mavjud muammolar xususida to‘xtalib, vazirlik tizimidagi mutasaddi rahbarlarga kerakli tavsiyalar berdi. Shuningdek, bugungi davr nuqtai nazaridan, barcha hududiy boshqarmalar tomonidan davlat va xususiy sheriklik asosida xizmatlar tashkil etishni tadbirkorlarga taklif etish va bu bo‘yicha kerakli ishlarni amalga oshirish vazifalarini belgilab berdi.
Kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi joylarda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlari quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida tanqidiy ruhda olib borildi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalarida aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i qo‘shimcha ma’lumot berishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi