Bugun, 19 avgust kuni Jakartada Osiyo o‘yinlarida asosiy musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Turnirga kelgan 5 nafar o‘zbekistonlik erkin kurashchi bugun bahslarni boshlashdi.
Dastlab 57 kg vazn toifasidagi Maxmudjon Shavkatov saralashda ishtirok etib, pokistonlik Bilol Muhammadni 7:2 hisobida mag‘lub etdi va nimchorak finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Keyingi bosqichda unga filippinlik Lobregito Alvin raqiblik qildi. Shavkatov bu raqibini ham osonlik bilan mag‘lub etdi (11:2) va chorak finalga yo‘l oldi. Endi yarim final yo‘lida u mo‘g‘ulistonlik Erdenebat Bekbayarga qarshi gilamga chiqadi.
O‘zbekistonning 65 kg vazn toifasidagi vakili Sirojiddin Hasanov esa turnirdagi ishtirokini barvaqt yakunladi. U nimchorak finalda Hindiston vakili Bazirang Bazirangga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (3:13).
74 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Behzod Abdurahmonov jangsiz chorak finalga yo‘l oldi, uning nimchorak finaldagi raqibi yamanlik Muhammad Hasan gilamga chiqishdan bosh tortdi va O‘zbekiston vakiliga texnik g‘alaba yozildi. Endi Abdurahmonov chorak finalda Davlatmurat O‘razgaliyev (Turkmaniston) va Mustafo Husaynxon (Eron) juftligi g‘olibiga qarshi gilamga chiqadi.
86 kg vazn toifasida Rashid Qurbonov saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U falastinlik Alhoji Vailga imkoniyat qoldirmadi (10:0). U endi nim chorak finalda yaponiyalik Shirai Shotaga qarshi bahs o‘tkazadi.
O‘zbekistonning 97 kg vazn toifasidagi vakili Magomed Ibragimov esa nimchorak finaldan osonlik bilan o‘tdi. U xitoylik Yang Chaoqiangni mag‘lubiyatga uchratdi (10:0) va chorak finalda hindistonlik Xatri Mavsamga qarshi bahsni kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”