Kecha Oʻzbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Osiyo oʻyinlari finalida xitoylik tennischini magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu muvaffaqiyat bilan tennischimizni tabrikladi.
«Denis Istominni Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgani bilan tabriklaymiz. Bu Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlaridagi qimmatli medal boʻldi. U faoliyati davomidagi eng nufuzli musobaqalardan birida gʻolib boʻla oldi. Denis bir necha yil davomida xalqaro kortlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga, oʻzbek sporti nufuzini yuksaltirishga xizmat qildi. Uning Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritganligi yuksak professional hislatlarga ega ekanligidan darak berib turibdi.
Qitʼa oʻyinlari gʻolibi sifatida Denis Istomin yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari litsenziyasiga ega boʻlgani ushbu gʻalaba salmogʻini yanada oshirdi.
Fursatdan foydalanib, Oʻzbekistonning birinchi raketkasini ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Olimpiya harakati ishtirokchilari va albatta oʻzim nomimdan chin koʻngildan tabriklayman.
Shuningdek, Osiyo oʻyinlari davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, vatanimiz bayrogʻini yuqoriga koʻtargan Bekzod Abdurahmonov, Nikita Rafalovich, Moʻminjon Abdullayev, Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborovlarni chempionlik bilan muborakbod etaman.
Shu bilan birgalikda, hali startga chiqmagan sportchilarimizga bahslarda omad tilayman. Sizlardan umidimiz katta! Sizni vatanimizda yaqinlaringiz, xalqimiz va Prezidentimiz kutishmoqda», – dedi Umid Ahmadjonov.
Manba: olympic.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi