19:53 / 26.08.2018
4 422

Ruslan Nuriddinovning tengi topilmadi. Rekord va oltin (foto)

Ruslan Nuriddinovning tengi topilmadi. Rekord va oltin (foto)
Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

105 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov 421 kg (dast koʻtarishda 191kg, siltab koʻtarishda 230 kg) natija qayd etib, birinchi oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Qayd etish kerakki, Ruslan oʻz natijasi bilan Osiyo oʻyinlari rekordini ham yangiladi.

Bu Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlari tarixidagi ogʻir atletika buyicha ilk oltin medalidir.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni iroqlik Salvan Jasim Abbod Alafuriy (405 kg) va eronlik Ali Hoshimiy (403 kg) egalladi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Nuriddinovga oltin medalni Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Bundan avvalroq 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadoy Otaqoʻziyeva 237 kg natija qayd etib (dast koʻtarishda 101, siltab koʻtarishda esa 136), kumush medal sohibasiga aylangandi.

Endilikda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 27taga yetdi - 6 oltin, 11 kumush va 10 bronza. Oʻzbekiston hamon umumiy reytingda 10-oʻrinda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruslan Nuriddinovning tengi topilmadi. Rekord va oltin (foto)