date
views 3 686

Benzema: “Ronalduni unuta olmayapmiz”

Бензема: "Роналдуни унута олмаяпмиз"
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema “Yuventus”ga yoʻl olgan portugaliyalik toʻpurar Krishtianu Ronaldu borasida fikr bildirdi.

«Krishtianu endi yoʻq, endi hech kim mavsumiga 50talab gol urmaydi, ammo biz bir jamoamiz. Yordam berish uchun koʻplab gol urishga intilaman, ammo eng muhimi jamoa gʻalabasi boʻlib qolaveradi.

Biz Ronalduni unuta olmayapmiz. U “Real” uchun juda muhim oʻyinchi edi. U klub uchun koʻplab gollar urdi. U – dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, ammo Krish boshqa klubga oʻtdi va biz hozirda boshqa oʻyinchilar haqida oʻylashimiz kerak», – deydi Benzema.

Manba: www.ufff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Benzema: “Ronalduni unuta olmayapmiz”
-->