Oʻzbekiston boks jamoasi yetakchisi, Rio Olimpiadasi chempioni, Osiyo chempioni va Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori Hasanboy Doʻsmatov final jangidan keyin “Kun.uz” muxbiriga intervyu berdi.
U finaldagi raqibi va kelajak rejalari haqidagi fikrlarni bildirib oʻtgan.
«Oʻzbekiston xalqini mustaqillik bayramining 27 yilligi bilan tabriklayman. Turnirda barchamiz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Bugun olgan kumush medalimni Tokio Olimpiadasida oltin medalga aylantirishga vaʼda beraman.
Amit bilan avval ikki marta jang qilganman, 2017 yili Osiyo chempionatida va jahon chempionatida. Ikki safar ham yutgandim. U oʻz ustida ishlagani koʻrinib turibdi.
Men bu musobaqaga kelishdan oldin 56 kg vazn toifasini 49 kg vaznga tushirdim. Bu ancha qiyin boʻldi. Endi 52 kilogrammgacha boʻlgan vaznda ishtirok etmoqchiman. Kelajakda musobaqalarda 10 vazn toifasida emas, 8 vazn toifasida bahslar oʻtkazilishi mumkin. Bu holda boshqalar ham vaznini oʻzgartiradi», degan Hasanboy Doʻsmatov.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Oʻzbekiston jamoasi sharafini -52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov himoya qiladi. U Osiyo oʻyinlari finalida gʻolib chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi