06:30 / 02.09.2018
3 467

Umid Ahmadjonov olimpiyachilar muvaffaqiyatsizligi, Superliga formati va asosiy terma jamoa haqida gapirdi

Umid Ahmadjonov olimpiyachilar muvaffaqiyatsizligi, Superliga formati va asosiy terma jamoa haqida gapirdi
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ayni vaqtda Indoneziyada Osiyo oʻyinlarini yoritayotgan “Kun.uz” muxbiriga intervyu berdi.

MOQ prezidenti hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadigan Ahmadjonov Osiyo oʻyinlarida oʻzbekistonlik futbolchilarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga munosabat bildirgan.

«Futboldan yuqoriroq natija kutgandik. Jamoaga katta ishonch bildirgandik. Shunchaki omad kelmadi, qolaversa hakamning xatolari magʻlubiyatga sabab boʻldi.

Lekin bu bolalar chempionlikka loyiq edi. Ular borini berib oʻynashdi. 3:2 hisobida oldinga chiqib olgandik ham. Janubiy Koreya ham finalda oʻynayotgandek harakat qilishdi. Murabbiyimiz ham toʻgʻri oʻzgarishlar qila olmadi», degan Umid Ahmadjonov.

Ahmadjonov milliy terma jamoadagi oʻzgarishlarga baho bergan.

“Avval ham aytganimdek Ektor Kuperning ishlariga aralashmayman. Hech kim aralashmaydi. Lekin oʻz takliflarimizni berishimiz mumkin. Kuper olimpiyachilarimizning oʻyinlarini kuzatdi. U yoshlarimizning imkoniyatlarini biladi. Istardimki, u asosiy terma jamoaga yoshlar jamoasidan koʻproq futbolchi olsin”, degan u olimpiyachilar tarkibidan kimlar milliy terma jamoa safiga oʻtishi mumkinligi haqidagi savolga javoban.

Umid Ahmadjonov shuningdek Oʻzbekiston Superligasi formati borasidagi savolga javob qaytargan.

«Futbol federatsiyasini qabul qilib olganimda chempionatdagi jamoalar 16ta edi, keyin 12taga kamaytirdik. Kerak boʻlsa, 8tagacha kamaytirish mumkin. Klublar terma jamoaga xizmat qilishi kerak. Buning uchun klublarni kuchaytirish kerak. Kuchli klublar bir-biri bilan koʻproq oʻynashi kerak.

Hozir joriy qilingan format vaqtinchalik. Balki, keyingi yilda boshqa formatni koʻrib chiqarmiz. Islohotlar davom etadi. Sportda yangilik qilib turilmasa, boʻlmaydi», degan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov olimpiyachilar muvaffaqiyatsizligi, Superliga formati va asosiy terma jamoa haqida gapirdi