Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan Osiyo oʻyinlarida oltin medal olgan sportchilar uchun 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov “Kun.uz”ga maʼlum qildi.
Bundan tashqari, avvaldan belgilangan tartibga koʻra, hukumat tomonidan Osiyo oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan barcha sportchilarga pul mukofotlari ajratilgan. Unga koʻra, Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan sportchilar uchun 5 ming dollardan, kumush medal egalari uchun 3 ming dollardan va bronza medal sohiblari uchun 2 ming dollardan pul mukofotlari beriladi.
Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 30ta sport turida 234 nafar sportchi himoya qildi. Shundan 21 nafar sportchi oltin, 24 sportchi kumush va 25 nafar sportchi bronza medal oldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi medallar sifati boʻyicha 45 mamlakat ichida umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi.
Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlgan sportchilar jami 15 ming dollardan pul mukofotiga ega boʻlishadi.
Yaqin kunlar ichida sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston hukumati turnir sovrindorlarini mukofotlash uchun 227 ming dollar, Milliy olimpiya qoʻmitasi esa 210 ming dollar miqdorida mablagʻ sarflaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi