Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida uloq koʻpkari bahslarida Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 6 sentyabr kuni turnirning asosiy favoriti Qozogʻiston koʻpkari terma jamoasi bilan bahs oʻtkazib, 5:4 hisobida gʻalabaga erishdi.
Endi oʻzbekistonlik uloqchilar finalda Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mezbonlar yarim finalda Rossiya termasi ustidan yirik hisobda gʻalabaga erishgan.
Qayd etish kerakki, Qozogʻiston amaldagi jahon chempioni hisoblanardi, Oʻzbekiston jamoasi esa shu vaqtgacha hech bir xalqaro turnirda final bosqichiga yoʻl olmagandi. Qozogʻiston endi rossiyaliklar bilan uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradi.
Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 3 sentyabr kuni Boshqirdiston Respublikasi vakillarini 20:2 hisobida, 5 sentyabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida magʻlub etgan va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi