18:36 / 07.09.2018
8 081

Mayk Tayson Nurmagomedov va Makgregor jangida kimni qoʻllab-quvvatlaydi?

Mayk Tayson Nurmagomedov va Makgregor jangida kimni qoʻllab-quvvatlaydi?
Boks boʻyicha ogʻir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Mayk Tayson rossiyalik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor oʻrtasida boʻladigan jang oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

– Menga Xabib juda yoqadi va bu jangda uni qoʻllab-quvvatlayman, – deya Taysonning soʻzlarini keltiradi RCC Boxing Promotions nashri. – Ammo Makgregor yana bir nechta jang oʻtkazadi deb oʻylayman. Toʻqnashuv har ikki sportchi uchun qiyin kechadi.

Eslatib oʻtamiz, Nurmagomedov va Makgregor oʻrtasidagi qarama-qarshilik UFC 229 turniri doirasida 6 oktyabr kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson Nurmagomedov va Makgregor jangida kimni qoʻllab-quvvatlaydi?