Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etib musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi himoyachisi va “Eng chiroyli gol” sovrini egasi Sherzod Nasrullayev Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati bilan suhbatlashib, musobaqa haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Avvalambor musobaqa tashkilotchilari va bizni qoʻllab-quvvatlagan barcha futbol ishqibozlariga rahmat demoqchiman. Bu nafaqat bizning balki oʻzbek futbolining gʻalabasi hamdir. Oʻyinlar juda ham yaxshi saviyada oʻtdi. Barcha raqiblar bizga kuchli qarshilik koʻrsatganlariga qaramasdan biz gʻolib boʻlishga erishdik. Bu terma jamoamizning yurtimizga bayram tuhfasi boʻlgan boʻlsa ajab emas.
Himoyachi boʻlishimga qaramasdan men kiritgan toʻp musobaqaning “Eng chiroyli gol” nominatsiyasida gʻolib chiqdi. Bundan juda ham xursand boʻldim va keyingi oʻyinlarda ham toʻp kiritish ishtiyoqi kuchaydi. Soʻzim oxirida, bizga ishonch bildirib shu musobaqaga yuborgani uchun xalqimizga, futbol ixlosmandlariga hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yana bir bor minnatdorchilik izhor etaman", - dedi Nasrullayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi