16:55 / 11.09.2018
3 245

Kuperni Keyrushga tenglashtirmang

Kuperni Keyrushga tenglashtirmang
Xabaringiz bor, bugun Toshkentda Oʻzbekiston – Eron oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyini oʻtkaziladi. Mazkur uchrashuvga boʻlgan qiziqish yetarli darajada deb ayta olamiz. Chunki yurtimizga ayni paytda Osiyoning eng kuchli terma jamoasi, JCH-2018ning qitʼamizdagi eng yaxshi ishtirokchisi tashrif buyuradi. Boz ustiga bizning terma jamoamizda tajribali Ektor Kuper ishlamoqda. Toʻgʻri, ushbu mutaxassis mamlakatimizga kelganiga koʻp boʻlgani yoʻq. Ammo muxlislar undan koʻp narsa kutmoqda. Chunki Kuper Misrni 32 yildan soʻng mundialga olib chiqdi. Vaqtida xorij klublarida samarali faoliyat olib borgan. Mana shu boshqa omillar sabab ishqibozlar Ektorga umid bogʻlashmoqda. Argentinalik murabbiyning oʻzi esa muxlislarga hozircha sabr tilashni maslahat bermoqda.

Bugungi bellashuvdan oldin koʻpchilik muxlislar Kuper va Keyrushni taqqoslashmoqda. Ammo hozircha ushbu mutaxassislarni bir-biriga solishtirish toʻgʻri emas. Chunki, portugaliyalik Keyrush bir necha yildan beri Osiyoda, jumladan Eronda ishlamoqda. U kashf qilgan futbolchilar hali yana oʻynay oladi. Buni yaxshi bilgan Karlush Keyrush avlodlar almashinuvi boʻlguniga qadar Eronda qoladi.

Kuper ham Osiyoda ishlagan dersiz. Ammo oldingi futbol bilan hozirgisini farqi bor. Keyrush ham Eronni birdaniga kuchli jamoaga aylantirmadi. U ham bosqichma-bosqich jamoaning oʻyinlarini shakllantirib bordi. Mahsulini koʻrdingiz, Ispaniya va Portugalining JCH-2018da oyooqlarini qanday qaltiratdi. Oʻsha uchrashuvlar payti koʻpchilik Keyrushning kelishini yanada intizorlik bilan kutdi. Ammo...

Ektor Kuper janoblari terma jamoaning oʻyiniga bir oydan soʻng baho bersangiz boʻladi dedi. Biroq oʻsha muddatda ham yangi kelgan murabbiy futbolchilarni oʻzgartirishi qiyin. Shunday boʻlsa-da, Kuper nimagadir ishonmoqda. Buni vaqt koʻrsatadi.

Bu ikki murabbiyni qachon solishtirish mumkin? Qachonki, navbatdagi mundial saralashi boshlanganda! Agar ungacha ushbu mutaxassislar oʻz joylarida qolsa, albatta. OʻFA mutasaddilari Osiyo Kubogidagi har qanday natija Kuperning kursisini qimirlatmasligini aytishdi. Shunday ekan Kuper va Keyrush borasida kim yaxshiroq ekanligini vaqti kelib bilib olamiz.

Yilning boshida shaffoflik borasida OʻFA va PFL rahbarlari soʻz ochishgandi. Lekin negadir Kupernikining maoshi haqida maʼlum qilinmadi. Keyrushning maoshi 1,9 million yevro. Ektor Kuper taxminlarga koʻra Karlush Keyrushdan kamroq maosh oladi. Shu bois boʻlsa kerak Keyrushning motivatsiyasi yuqoriroq.
Bekzod ISAYEV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuperni Keyrushga tenglashtirmang