
Angliya chempionatining 5-turidan oʻrin olgan “Uotford” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Vikareyj Roud” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi.
Uchrashuning 35-daqiqasida Romelu Lukaku mankunianliklarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, oradan uch daqiqa oʻtar-oʻtmas Kris Smolling jamoasining ikkinchi golini urdi. 65-daqiqada mezbonlar Andre Greyning goli evaziga hisobni qisqartirishga erishdilar.
Shu bilan oʻyin soʻnggiga qadar hisob oʻganrmadi va “Manchester Yunayted” muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, Joze Mourinyu shogirdlari “Uotford”ning beshta oʻyinlik gʻalabali seriyasiga nuqta qoʻydilar.
Angliya chempionati, 5-tur
Uotford – Manchester Yunayted 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35 Lukaku, 0:2 – 38 Smolling, 1:2 – 65 Grey.
Uotford – Foster, Ketkart (Saksess, 88), Xolebas (Mazina, 84), Yanmat (Femeniya, 72), Kabasele, Xyuz, Dukure, Kapu, Pereyra, Dini, Grey.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Valensiya (Bayi, 90), Lindelef, Matich, Fellayni, Lingard (Marsyal, 71), Pogba, Sanches (Maktomini, 84), Lukaku.
Ogohlantirshlar: Kapu (34), Xolebas (36), Matich (70), Valensiya (81).
Chetlatish: Matich (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar