
Bugun “Lokomotiv” Oʻzbekiston kubogining 1/4 finali doirasida “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvdan oldin “Lokomotiv” futbolchisi Kaxi Maxaradze klub rasmiy saytiga oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Paxtakor”ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik yaxshi olib borildi. Bu mavsumdan kubok bahslaridagi oʻyinlar bir uchrashuvdan iborat boʻlmoqda. Shu boisdan bugun mavsumdagi muhim uchrashuvlardan birini oʻtkazamiz va unda faqatgina gʻalaba bizni qoniqtiradi.
Ikki mavsumdan buyon Oʻzbekiston kubogiga ega chiqmoqdamiz. Ushbu sovrinni ketma-ket uchinchi marta ham boshimiz uzra baland koʻtarishga harakat qilamiz", - dedi gruziyalik futbolchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar