
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev APL chempionatini yoqtirishini aytib oʻtdi. U kelajakda ingliz klublaridan birini boshqarish istagi borligini yashirmagan.
58 yoshli mutaxassisning Germaniya futbol uyushmasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha moʻljallangan.
– APL men uchun har doim qiziqarli boʻlgan. Bu ajoyib liga. Nima boʻlishini esa koʻramiz. 2020 yildagi Yevropa chempionatidan soʻng koʻp narsaga oydinlik kiritiladi.
– Hozir men ikki yildan keyin nima boʻlishini ayta olmayman. Menga Germaniya termasini boshqarish yoqadi va bu menga motivatsiya beradi, – deydi Lyov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar