
“Mersedes”ning britaniyalik piloti Lyuis Hemilton “Sudzuka” trassasida oʻtkazilgan “Formula-1” 17-bosqichi – Gran-pri Yaponiyada gʻolib boʻldi.
Ikkinchi oʻrinni “Mersedes”ning yana bir poygachisi Valtteri Bottas (+12,919 soniya) egallagan boʻlsa, uchinchi boʻlib finish chizigʻini “Red Bull” aʼzosi Maks Ferstappen (14,295) kesib oʻtdi.
Shuningdek, ilk oʻntalikka quyidagi sportchilar kirdi:
4. Deniyel Rikkyardo (“Red Bull”, +19,495),
5. Kimi Raykkonen (“Ferrari”, +50,998),
6. Sebastyan Fettel (“Ferrari”, +1.09,873),
7. Serxio Peres (“Fors Hindiston”, +1.19,379),
8. Romen Grojan (“Xaas”, +1.27,198),
9. Esteban Okon (“Fors Hindiston”, +1.28,055),
10. Kichik Karlos Sayns (“Reno”, +1 aylana)
Keyingi bosqich 19-21 oktyabrda AQSHDa boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar