
Jakartada Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etayotgan yana ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi oltin medal sohibiga aylandi.
Kamolaxon Abdullayeva uzunlikka sakrash, Aleksandr Svechnikov nayza uloqtirish bahslarida gʻolib chiqib, terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medallarni qoʻshib qoʻyishdi.
Maʼlumot uchun, Kamolaxon Abdullayeva Paraosiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida uzunlikka sakrash boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritgan dastlabki sportchi boʻldi.
Musobaqalarning birinchi kunida oʻzbekistonlik toʻrt nafar atlet suzish bahslarida 2 ta oltin va 2 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishgan edi. Shu tariqa, hozirga kelib Oʻzbekiston hisobidagi oltin medallar soni 4 taga yetdi.
Eʼtiborlisi, erkaklar oʻrtasida S13 yoʻnalishida 400 metrga erkin suzish boʻyicha ishtirok etgan Dmitriy Xorlin barcha raqiblarini ortda qoldirish bilan birga Osiyo rekordini oʻrnatdi. U oʻz chiqishini 4 daqiqa 9,23 soniyada yakunlab, qitʼa rekordini yangilagan. Bundan avvalgi rekord 4 daqiqa 26,98 sekundni tashkil etgan.

Oʻngdan birinchi - Dmitriy Xorlin
Foto: Paralimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Foto: Paralimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar