
Foto: OʻFA matbuot xizmati
Oʻzbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi vingeri Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan diskvalifikatsiyaga uchradi, deb xabar bermoqda “Shampionat.asia”.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 8 oktyabr kuni chiqargan qaroriga koʻra, Osiyo oʻyinlari chorak final doirasidagi Oʻzbekiston (U23) — Janubiy Koreya (U23) uchrashuvidan keyin hakamga qarata suv idishini otgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jaloliddin Masharipov oʻrtoqlik oʻyinlaridan 6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Qoʻshimchasiga futbolchi 5 ming AQSH dollariga jarimaga tortildi. Mazkur jarima 30 kun ichida toʻlab berilishi shart.
Endilikda futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasi safida aprel oyiga qadar oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etolmaydi. Ayni paytda terma jamoa yigʻinida shugʻullanayotgan Masharipov yaqinda boʻladigan KXDR va Qatarga qarshi uchrashuvlarni ham oʻtkazib yuboradi. Osiyo Kubogiga qadar Ektor Kuper Jaloliddin Masharipovni oʻrtoqlik bahslarida sinab koʻrish imkoniyatidan mahrum boʻlgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar