O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” sport stadionida tashkil etilgan o‘rtoqlik o‘yini nihoyasiga yetdi. O‘yin qiziqarli hamda murosasiz tarzda kechdi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi uchrashuvni yirik hisobda o‘z foydasiga hal qildi. Bahsda 5-0 hisobida o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda Sardor Hojiboyev 2 ta gol kiritib dubl qayd etgan bo‘lsa, Nodir Abdurazzoqov hamda Shaxzod Akramov, Jasur Ahmedovlar 1 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi noyabr oyida yana bir bor yig‘in o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U-14 – Eybar U-15 – 5:0
Gollar: Sardor Hojiboyev (dubl), Nodir Abdurazzoqov, Shaxzod Akramov, Jasur Ahmedov
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi