
Konor Makgregor murabbiyi Jon Kavananing mmaweekly.com portaliga bergan bergan intervyusida shogirdi va rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi revansh jangi keyisi yili mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda ekan.
Jon shuningdek, jangning taxminiy sanasini ham aytib o‘tgan: “O‘ylashimcha, jang 16 mart kuni bo‘ladi. Bu muqaddas Patrik kunida. O‘zingiz o‘ylang: Medison Skver Garden, muqaddas Patrik kuni arafasi. Bu jinnilik bo‘lardi, – deydi Kavana.
Bu hozircha taxmin. Jang keyinroq tashkil qilinishi yoki umuman o‘tkazilmasligi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Xabib jamoasining ishi ustidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda va yakuniy qaror hali chiqarilgani yo‘q. Konor bo‘lajak raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda va oktagonga chiqishga tayyor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar