Amerikalik bokschi Floyd Meyuezer rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning jang oʻtkazish chaqirigʻiga rozilik javobini berdi.
Avvalroq Nurmagomedov Meyuezerga jang oʻtkazish taklifi bilan chiqqandi.
“CBS, Showtime va MGM Grand – pullarni tayyorlang. Leonard Ellerbi (Mayweather Promotions rahbari) sahifasiga qarang, Xabib Nurmagomedov meni jangga chorladi”, deb yozgan Meyuezer instagramda.
Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Adbulmanop Nurmagomedov jang Rossiyada oʻtkazilishi kerakligini aytgan.
“Bizda juda katta motivatsiya bor. Jang qachon oʻtishi mumkin? Dastlab diskvalifikatsiya muddati yakunlanishini kutish kerak”, deb aytgan Adbulmanop Nurmagomedov.
“Bu raqibni tor-mor etamiz. Xabib yaqin kurashda klinch holatiga oʻtadi, bu sof boksga oʻxshash boʻlmaydi. Umid qilamanki, Xabibda imkon Makgregornikidan yuqoriroq. Bizning burchakda Vasiliy Lomachenko, Mayk Tayson va Rossiyaning eng yaxshi murabbiylaridan biri boʻlishiga umid qilaman”, deb qoʻshimcha qilgan Adbulmanop Nurmagomedov.
Nurmagomedov 6 oktyabrda UFC 229 musobaqasi doirasida Konor Makgregorni magʻlub etib, yengil vaznda UFC chempioni unvonini oʻzida saqlab qolgan. Meyuezer esa 2017 yil avgustida boks qoidalari boʻyicha oʻtgan jangda Makgregor ustidan gʻalaba qozongandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi