
Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer yengil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlamoqda. Amerikalik sportchi bu jang orqali rekord gonorar ishlab olishiga qattiq ishonmoqda.
- Mendan: "Nima uchun men aralash yakkakurashchilar bilan jang haqida gapirishimni", so‘rashadi. Ammo eshiting, biz Xabib bilan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ ishlab olamiz. Biz Konor bilan shunday qilgan edik. Kim menga katta pul olib kelsa, usha bilan boks tushaman. Men shov-shuvli ishlarga tayyorman. Konor bilan jangim haqiqiy shov-shuv bo‘lgan edi. Men odamlarga nimani ko‘rishni istasa, o‘shani beraman.
- Men Xabib bilan uchrashaman va Konor bilan 2019 yilda. Ko‘pchilik Makgergor bilan jang qilishimizga ishonmagan edi, ammo tashkil etilganidan xursandman, - deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi Boxingnews24 nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar