06:27 / 22.10.2018
3 746

Andrey Kanchelskis “Navbahor” boshqaruvidagi ilk oʻyinidan soʻng nimalar dedi?

Andrey Kanchelskis “Navbahor” boshqaruvidagi ilk oʻyinidan soʻng nimalar dedi?
Pepsi Superligasi 26-turidan oʻrin olgan “Navbahor” hamda “Buxoro” jamoalari oʻrtasidagi oʻyindan soʻng namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Biroz asabiy oʻyin guvohiga aylandik. Yigitlar bugun yomon harakat qilishmadi. Eng muhimi – yakunda qimmatli 3 ochkoga ega chiqdik. Soʻnggi paytlardagi qayd etilgan natijalarni inobatga olgan holda bugun gʻalaba qozonishimiz shart edi. Shukr, oʻyin taqdirini foydamizga hal eta oldik. Bundan mamununman.

Endi bor diqqat-eʼtiborni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz. Eʼtibor bersak, jamoa asosan oʻz maydonida ochkolar qoʻlga kiritmoqda ekan. Endi safar oʻyinlarda ham muxlislarimizni chiroyli gʻalabalar bilan xursand etish uchun urinamiz", - dedi rossiyalik mutaxassisning soʻzlarini keltirib oʻtdi PFL matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis “Navbahor” boshqaruvidagi ilk oʻyinidan soʻng nimalar dedi?