"Lokomotiv" qay tarzda "Navbahor"ni mag‘lub etdi? (video)

"Lokomotiv" qay tarzda "Navbahor"ni mag‘lub etdi? (video)
Amaldagi chempion - "Lokomotiv" klubi bu tur o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi. Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida kechgan bellashuvda “temiryo‘lchilar” 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 76-daqiqada Marat Bikmayev tomonidan kiritildi. Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng Andrey Fyodorov shogirdlari jamg‘argan ochkolar soni 33 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

24 ochkosi bor "Navbahor" esa 3-pog‘onda bormoqda. Quyida bugun bo‘lib o‘tgan o‘yin videosharhini tomosha qilish imkoniga egasiz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar