00:29 / 24.10.2018
3 138

«Bavariya» safarda muhim g‘alabaga erishdi, «Valensiya» esa «Yang Boyz» to‘sig‘idan o‘tolmadi

«Bavariya» safarda muhim g‘alabaga erishdi, «Valensiya» esa «Yang Boyz» to‘sig‘idan o‘tolmadi
Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining 3-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

«Valensiya» klubi «Yang Boyz» maydoniga safar qildi. «Stad de Syuiss» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

26-daqiqada Mishi Batshuayi ispanlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Oaro penaltini aniq bajarib muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, «Valensiya» uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi va 2 ochko bilan uchinchi pog‘onada turibdi.

Parallel kechgan o‘yinda «Bavariya» Gretsiyada AYeK bilan kuch sinashdi. «Spiros Luis» o‘yingohida kechgan bahsda myunxenliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

61-daqiqada Xavi Martines mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Robert Levandovski jamoasining ikkinchi golini urdi.

«Bavariya» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 7taga yetkazib oldi va Ye guruhida peshqadam bo‘lib oldi.

YeChL, 3-tur

Yang Boyz Shveysariya – Valensiya Ispaniya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 26 Batshuayi, 1:1 – 55, penalti Oaro.

Yang Boyz – Velfli, fon Bergen, Benito, Mbabu, Suleymani (Ngamale, 74), Sou, Sanogo, Lauper, Fassnaxt (Bertone, 85), Assale, Oaro (Nsame, 79).
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Pichchini, Diakabi, Soler, Parexo, Kondogbia (Koklen, 70), Ferran Torres (Gameyro, 67), Rodrigo, Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Gabriel (8), Mbabu (42), Soler (77).

AYeK Gretsiya – Bavariya Germaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 61 Martines, 0:2 – 63 Levandovski.

AYeK – Barkas, Chigrinskiy, Lambropulos, Xult, Bakakis, Mantalos (Alef, 76), Simoynsh, Bakasetas, Galanopulos (Rodrigo Galo, 84), Klonaridis (Boye, 64), Ponse.
Bavariya – Noyer, Zyule, Rafinya, Kimmix, Xummels, Alkantara, Martines, Robben, Xames (Goretska, 62), Gnabri (Myuller, 75), Levandovski (Vagner, 84).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bavariya» safarda muhim g‘alabaga erishdi, «Valensiya» esa «Yang Boyz» to‘sig‘idan o‘tolmadi