Taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbayev Turon24 bilan suhbatda o‘zbek futbol klublarining bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi lozimligini ma’lum qildi.
"O‘zbek futbol klublari davlat tashkilotlari va neft-gaz kompaniyalariga qaram bo‘lgani sababli, ularning klublarga ajratayotgan mablag‘lari cheklanishi bilan klublar inqirozga yuz tutishi mumkin. Bunga Bunyodkor, Nasaf, Buxoro, Neftchi klublari misol bo‘la oladi. Biroq ayni paytda klublarning to‘lig‘icha davlat tomonidan ta’minlanishi yoki to‘laligicha xususiylashtirilishi ham masalaga yechim bo‘la olmaydi. Chunki davlat tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan futbolga ajratiladigan mablag‘larning ertami-kechmi to‘xtatilishi ehtimoli baland.
Shuningdek, klublarning to‘la privatizatsiya qilinishi ham mustaqil ravishda pul topa olmaydigan jamoalarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu yerda yagona yechim: o‘zbek klublarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish orqali ularning pul topish mexanizm platformalarini yaratish va futbol klublariga pul kiritgan investorlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘ladi", deydi Nikimbayev.
Ma’lumot o‘rnida: Nikimbayev ayni paytda Qatar futbol federatsiyasining musobaqalar va futbolchilar masalalari departamentida faoliyat olib boradi. Shuningdek, Nikimbayev O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"