Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 27-turi doirasida chempionlik uchun kurashayotgan «Paxtakor» jamoasi safarda «Bunyodkor»ga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endilikda, «Paxtakor» chempionlik uchun kurashuvchilar guruhida 27 ochko bilan «Lokomotiv»dan 6 ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda, «Bunyodkor» esa 20 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolgan.
O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida «qaldirg‘ochlar» jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Ammo yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Mana, ko‘rib turibsizlar, zaxira o‘rindig‘imizda akademiya tarbiyalanuvchilari o‘tirishibdi. Bu o‘yinda besh futbolchimiz ishtirok eta olmadi. Ikki o‘yinchi diskvalifikatsiya, uch futbolchi jarohat sababli o‘ynay olishmadi. Bu yo‘qotishlar esa o‘z so‘zini aytadi.
Bekobodda ham birinchi bo‘limga qaraganda ikkinchi bo‘limda sust o‘ynagandik, shu bois oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Shunday o‘yinlar orqali tajriba to‘planadi», - degan Qosimov.
Undan shuningdek, klubning kelajagi borasida so‘rashdi. Jurnalist oxirgi vaqtlarda «Bunyodkor» klubi moliyaviy muammolarga duch kelgani, keyingi mavsumda Superligada ishtirok etmasligi, klub butunlay tugatilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalayotganini eslatib o‘tgan.
«Avvalambor muxlislar uchun o‘ynaymiz. To‘g‘ri, mukofot pullari yo‘q, lekin bu bahona bo‘lishi kerak emas. O‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan, qolaversa, kelajakda yaxshi futbolchi bo‘laman degan yoshlar bu narsani o‘ylashi kerak emas. Yigitlar bilan kelishib olganmiz. Tashqaridan bu hech kimga qiziq emas. Albatta o‘z darajamizdan pastga tushishimiz kerak emas.
Endi, odam rezinka emas, charchaydi. Maqsadimiz, Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, bu qiyin, lekin oxirigacha kurashamiz.
Klub yopilishi yoki yopilmasligi, olti ochko olinadi, olinmaydi, degan gaplarni vaqt ko‘rsatadi. Yil oxirida ko‘ramiz. Hozir eng muhimi mavsumni oxirigacha yetkazib qo‘yish», deb aytgan murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi