FIFA rasmiy sayti terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘tgan oy 96-o‘rindan joy olgan O‘zbekiston termasi bu safar ikki pog‘ona yuqoriladi.
Bundan tashqari yurtimiz vakillari Osiyoda 13-o‘rinda borishmoqda. Ushbu oyda Qatar terma jamoasini ortda qoldirganmiz. Osiyo terma jamoalari ichida yetakchi Eron termasi (30) bo‘lib turibdi.
Umumiy ro‘yhatda JCh-2018 bronza medali sovrindori Belgiya birinchi o‘rinda borishmoqda. Amaldagi jahon chempioni ikkinchi pog‘onada bormoqda. Braziliya esa uchinchi o‘rinni saqlab qolgan. Kuchli Angliya va Urugvay termalari o‘rin almashishgan.
FIFA reytingi bilan tanishing:
1 (1). Belgiya – 1733
2 (1). Fransiya – 1732
3 (3). Braziliya – 1669
4 (4). Xorvatiya – 1635
5 (6). Angliya – 1619
6 (5). Urugvay – 1617
7 (7). Portugaliya – 1616
8 (8). Shveysariya – 1598
9 (9). Ispaniya – 1594
10 (10). Daniya – 1584
****
30 (33). Eron — 1478
42 (43). Avstraliya — 1432
50 (54). Yaponiya — 1409
53 (55). Janubiy Koreya — 1401
72 (71). Saudiya Arabistoni — 1334
74 (74). Suriya — 1320
75 (76). Xitoy — 1317
81 (77). BAA — 1305
82 (77). Livan — 1300
84 (85). Ummon — 1287
89 (89). Iroq — 1270
90 (91). Qirg‘iziston — 1268
94 (96). O‘zbekiston — 1254 (1245)
96 (94). Qatar — 1248
97 (97). Hindiston — 1245
99 (100). Falastin — 1233. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi