Rasman! «Real» klubi Lopetegini iste’foga chiqardi

Rasman! «Real» klubi Lopetegini iste’foga chiqardi
Madridning «Real» klubi Xulen Lopetegini jamoa bosh murabbiyligidan ozod etdi. Bu haqda qaymoqranglilar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Mutaxassis yozda jamoani qabul qilib olgandi. 52 yoshli murabbiy qo‘l ostida «Real» ushbu mavsum 14ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Jamoa hisobida 6 g‘alaba, 2 durang va 6 mag‘lubiyat bo‘ldi.

Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida «Kastilya» ustozi Santyago Solari tayinlandi. U ertadan bosh jamoada ish boshlaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar