Pepsi Superliga 28-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» - «Metallurg» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi va unda maydon egalari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv maydon egalarining ustunligi bilan boshlandi va bu hol o‘yin oxiriga qadar davom etdi. Birinchi bo‘limda «temiryo‘lchilar» gol urish uchun bir nechta vaziyatlar bo‘ldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘lim qiziqarli vaziyatlarga juda ham boy bo‘ldi. 66-daqiqada mehmonlar bir kishi kam bo‘lib harakatlanishga majbur bo‘ldi. Zabihillo O‘rinboyev ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etdi. 87-daqiqada Sardor Mirzayev bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Anzur Ismoilov g‘alaba to‘pini kiritib jamoasiga qiyin 3 ochkoni olib berdi.
Superliga 28-tur
«Lokomotiv» - «Metallurg» 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: Anzur Ismoilov 90, - 1:0.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Sadriddin Abdullayev (Diyorjon Turopov, 80), Sanjar Shoahmedov (Farruhjon Ibrohimov, 69), Marat Bikmayev, Timurxo‘ja Abduxoliqov (Xusniddin G‘ofurov, 64).
«Metallurg»: Javohir Ilyosov, Zoir Jo‘raboyev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloyev, 3abixillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov (Pavel Smolyachenko, 76), Zohid Abdullayev (Muhammadjon Sultonov, 82), Davronbek Umirov (Zafar To‘rayev, 85), Sherzod Fayziyev, Xudoyshukur Sattorov, Muhammad Isayev.
Ogohlantirishlar: Zabihillo O‘rinboyev 22, Islombek Isoqjonov 25, Oleg Zoteyev 28, Muhammadjon Sultonov 88,
Chetlatish: Zabihillo O‘rinboyev 66.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi