Professional boksning super yarim yengil vazn (- 58,96 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov 10 noyabr kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.
Elnur shu kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkaziladigan boks kechasida jang qiladi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi aniq emas. RMK yakkakurash akademiyasi saroyida bo‘lib o‘tadigan kechada o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Mahmud G‘oipov ham o‘zining debyut jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvaliga Elnur 8 noyabr kuni Kaliforniyaning Indio shahrida jang qilishi lozim edi. Ammo raqib topishdagi muammo sabab uning jangi Rossiyaga ko‘chiriladigan bo‘ldi.
Elnur Abduraimov professional boksda ikkita jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi