17 noyabr, shanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarida Dubai Cup musobaqasi doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mezbon BAA olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Sanjar Qodirqulov hamda Islom Qobilov mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki o‘yinida O‘zbekiston olimpiyachilari Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Dubai Cup’ning so‘nggi o‘yinida o‘zbekistonlik futbolchilar 20 noyabr kuni Kuvayt termasiga qarshi bahs olib boradi.
Dubai Cup
17 noyabr, shanba
BAA—O‘zbekiston 0:2
Gollar: 0:1 — 75 Qodirqulov, 0:2 — 80, penalti Qobilov.
BAA: Muhammad Ali Shokir, Abdulla Jassim Ali, Ali Solih Ali Amro, Abdullo Baxi, Issa Muhammad, Xalfar Hasan, Abdulrahmon Al Amriy, Xolid Muhammad, Majid Rashid, Ahmad Amr, Xolid Abdulla Muborak.
O‘zbekiston: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Azizbek Omonov, Davron Umirov, Islom Kenjaboyev, Islom Rashidxonov, Mirjahon Mirahmadov, Sherzod Nasrullayev, Sharof Muhiddinov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas