Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi Rossiyaning Krasnodar shahrida bo‘lib o‘tadi.
WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan Shohjahon 14 dekabr kuni Andrey Andreyevga tegishli "Shkola chempionov" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.
Katta ehtimol bilan raqib braziliyalik bokschi bo‘ladi. Hozirda Ergashevning promouterlari ushbu jang yuzasidan muzokara olib borishyapti.
- Braziliyalik bokschi 17 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan. Men ham 15 ta jangda yuz foizlik natija ko‘rsatganman. Agar raqib bilan kelisha olsak, 14 dekabr kuni muxlislar ajoyib jangga guvoh bo‘lishadi, - dedi Ergashev saytimizga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional boksdagi faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 14 ta jangda hamyurtimiz raqiblarini nokautga uchratgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi