Xabaringiz bor UYeFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Angliya va Xorvatiya (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda inglizlarga g‘alaba keltirgan golga jamoa sardori Xarri Keyn mualliflik qildi.
E’tiborlisi, shu tariqa 25 yoshli Keynning Angliya terma jamoasi safidagi gollari soni 20 taga yetdi. Unga ushbu natijani qayd etishi uchun bor yo‘g‘i 35 ta o‘yin kifoya qildi. Shu tariqa Keyn bu borada Angliyaning yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r hujumchisi Ueyn Runini ortda qoldirdi. Boisi, Runiga terma jamoa safidagi ilk 20 ta golini kiritish uchun 49 ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Runi Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U 120 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 53 ta gol urgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xarri Keynga “Oltin butsa” topshirildi (FOTO)

Keyn JCh-2018 ning "eng yaxshi to‘purar"iga aylandi

JCh–2018. Angliya Panamani 6:1 hisobida taslim qildi (video)

Neymar Braziliya termasi tarixidagi "eng yaxshi uch to‘purar"dan biriga aylandi

JCh-2018. Keynning dubli Angliyaga Tunis ustidan g‘alaba olib keldi

Ueyn Runi hibsga olindi