
Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilayotgan “Dubai Cup” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 20 noyabr kuni Kuvayt terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi uchinchi o‘yini bo‘lgan Kuvaytga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunga qadar Yaponiya bilan 2-2 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, mezbon BAA terma jamoasini 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar