UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 49 yoshli bokschi Roy Jons bilan jang qilishdan bosh tortdi.
Avvalroq Jons mo‘maygina haq uchun Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyorligini aytgandi, deb yozmoqda Kun.uz.
“Men sen bilan urishmayman, og‘am”, deb aytgan Nurmagomedov Jonsga u bilan o‘tgan videosuhbatda.
Nurmagomedov avvalroq unga raqiblar sifatida Konor MakGregor yoki Floyd Meyvezer qiziq ekanini aytgandi. Jumladan, Xabib Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorligini bildirgan. UFC prezidenti Dana Uayt esa Xabib va Meyvezer o‘rtasidagi jang MMA qoidalari bo‘yicha o‘tishi kerakligini aytmoqda.
Roy Jons amerikalik mashhur bokschi bo‘lib, bir nechta vazn toifasida jahon chempioni kamarlarini qo‘lga kiritgan. U boks haqida yozuvchi nufuzli nashrlardan biri “Ring” tomonidan 1990-yillarda “o‘n yillik bokschisi” deb atalgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Nurmagomedov 2019 yilda Meyvezer bilan jang o‘tkazishi mumkin

Meyvezerga Xabib bilan jang qilishi uchun 150 mln dollar taklif qilindi

Nurmagomedov MakGregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga rozi bo‘ldi

Nurmagomedov Meyvezer bilan 2 ta jang o‘tkazmoqchi

Nurmagomedov va Meyvezer to‘qnashuvi "Lujniki" stadionida bo‘lishi mumkin

Floyd Meyuezer Nurmagomedov bilan qanday shartda jang o‘tkazishini ma’lum qildi