10:44 / 21.11.2018
2 376

Millatlar ligasi. Portugaliyada durang, Shvetsiya termasi Rossiyani dog‘da qoldirdi

Millatlar ligasi. Portugaliyada durang, Shvetsiya termasi Rossiyani dog‘da qoldirdi
Millatlar ligasi musobaqasining navbatdagi turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Portugaliya termasi «Afonsu Enrikesh» stadionida Polshani qabul qildi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Andre Silva mezbonlrani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Arkadiush Milik penaltini aniq bajarib, muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, o‘tgan turda pley-off masalasini hal qilib ulgurgan Portugaliya guruhda birinchi o‘rinni oldi, Polsha esa uchinchi pog‘onada qolib ketdi va V ligaga yo‘l oldi.

Parallel kechgan bahsda Shvetsiya termasi Rossiyani qabul qildi. «Frends-Arena»da kechgan o‘yin mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.

41-daqiqada Viktor Lindelyof hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Markus Berg jamoasining ikkinchi golini urdi. Shu tariqa, Shvetsiya guruhda birinchi o‘rinni olib A divizion yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Rossiya esa V ligada qolib ketdi.

Serbiya termasi «Partizan» stadionida Litvani qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi va V divizionga yo‘llanma oldi.

Shotlandiya termasi o‘zida Isroilni qabul qildi va Jeyms Forrestning xet-trigi evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, shotlandlar S divizion 1-guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi va V divizionga yo‘llanma olishdi.

Millatlar ligasi

Portugaliya – Polsha 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 33 Andre Silva, 1:1 – 66, penalti Milik.

Portugaliya – Betu, Diash, Pepe, Rodriges, Gerreyru (Joau Mariu, 61), Vilyam Karvalyu, Danilu Pereyra, Sanshesh, Rafa Silva (Bruma, 70), Joau Kanselu, Andre Silva (Eder, 87).
Polsha – Shchensni, Chonek, Bereshinski, Kendzera, Bednarek, Zelinski (Shimanski, 90), Krыxovyak, Frankovski, Klix (Guralski, 75), Grositski (Kondzer, 79), Milik.

Ogohlantirishlar: Chonek (11), Bednarek (28), Diash (64), Frankovski (78), Joau Mariu (90).
Chetlatish: Danilu Pereyra (63).

Shvetsiya – Rossiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 41 Lindelyof, 2:0 – 72 Berg.

Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Lyustig, Augustinsson, Olsson (Telin, 71), Yuxansson, Olsson (Gvidetti, 89), Klasson (Svensson, 80), Larsson, Lindelef, Berg.
Rossiya – Lunev, Djikiya, Nababkin, Noyshtedter, Ignatev, Ionov (Zabolotnыy, 69), Kuzyayev, Yeroxin (Ari, 77), Gazinskiy, Dzyuba, Poloz (Kambolov, 46).

Serbiya – Litva 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar:
1:0 – 51, avtogol Julpa, 2:0 – 58 Mitrovich, 2:1 – 64 Petravichyus, 3:1 – 71 Priyovich, 4:1 – 74 Lyayich.

Serbiya – Raykovich, Milenkovich, Rodich, Rukavina, Velkovich, Maksimovich, Lukich (Feysa, 77), Gachinovich (Priyovich, 46), Jivkovich, Lyayich (Aleksich, 82), Mitrovich.
Litva – Shetkus, Yanushevskis, Girdvaynis, Slavitskas, Chernыx, Petravichyus, Vorobevas (Matulyavichyus, 69), Sirgedas, Kazlauskas (Shyarnas, 59), Julpa (Yankauskas, 87), Baravikas.

Ogohlantirishlar: Girdvaynis (55).

Shotlandiya – Isroil 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar:
0:1 – 9 Kayyal, 1:1 – 34 Forrest, 2:1 – 43 Forrest, 3:1 – 64 Forrest, 3:2 – 75 Zaxavi.

Shotlandiya – Makgregor, Makkenna, Beyts, Robertson, Paterson, Armstrong (Fillips, 76), Makgregor, Kristi (Shinni, 76), Forrest, Freyzer, Fletcher (Maktomini, 87).
Isroil – Xarush, Ben Xarush, Tavatxa (Xemed, 85), Dasa, Taa (Koen, 67), Kayyal, Yeini, Zaxavi, Perets (Saba, 73), Natxo, Dabur.

Ogohlantirishlar: Makgregor (40), Taa (52), Perets (70), Ben Xarush (86), Fillips (89).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Millatlar ligasi. Portugaliyada durang, Shvetsiya termasi Rossiyani dog‘da qoldirdi