
Avval xabar berganimizdek, 24 noyabr kuni AQShning Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi o‘tkaziladi.
Ushbu boks oqshomining biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda uch nafar professional bokschimiz - Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov va Murodjon “Kaka” Ahmadaliyev ringga ko‘tariladi. Bugun bokschilarimiz jang o‘tkaziluvchi Atlantik-Siti shahriga yetib kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Isroil Madrimov prof ringdagi 10 raunddan iborat debyut jangida meksikalik Vladimir Ernandes (10-2, 6KO), Shahram G‘iyosov meksikalik Migel Zamudioga qarshi ringga ko‘tariladi. Murodjon Ahmadaliyev esa amerikalik Isaak Zaratega qarshi 10 raundlik jangda o‘ziga tegishli WBA Inter-Continental chempionlik kamarini himoya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar