
Futbol bo‘yicha Ukraina premer-ligasida klublar sonini 16 taga yetkazish masalasi hal etildi.
Donetskning Shaxtyor klubi chempionatda jamoalar sonining ko‘paytirilishiga qarshi edi. Biroq donetskliklar jamoalar soni ko‘paytirilishiga qarshi yetarli ovoz yig‘a olmadi.
O‘z navbatida Ukraina futbol federatsiyasi ham ko‘plab klublarning istagiga qarshi borib, Shaxtyorning foydasiga qaror chiqarmasligi ma’lum qilindi. Endi kelasi mavsumdan jamoalar soni 16 taga yetkaziladi.
Hozirda Ukraina premer-ligasida 12 ta klub ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar