13:43 / 22.11.2018
3 019

Ukraina premer-ligasida klublar soni 16 taga yetkaziladi

Ukraina premer-ligasida klublar soni 16 taga yetkaziladi
Futbol bo‘yicha Ukraina premer-ligasida klublar sonini 16 taga yetkazish masalasi hal etildi.

Donetskning Shaxtyor klubi chempionatda jamoalar sonining ko‘paytirilishiga qarshi edi. Biroq donetskliklar jamoalar soni ko‘paytirilishiga qarshi yetarli ovoz yig‘a olmadi.

O‘z navbatida Ukraina futbol federatsiyasi ham ko‘plab klublarning istagiga qarshi borib, Shaxtyorning foydasiga qaror chiqarmasligi ma’lum qilindi. Endi kelasi mavsumdan jamoalar soni 16 taga yetkaziladi.

Hozirda Ukraina premer-ligasida 12 ta klub ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukraina premer-ligasida klublar soni 16 taga yetkaziladi