
Ayni damda professional boksda faoliyat olib borayotgan uch nafar bokschimiz – Shaxram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev hamda Isroil Madrimov 25 noyabr kuni AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Atlantik-Siti shahrida o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi.
E’tiborlisi, ushbu janglar 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00dan boshlab “Sport” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.
Hamyurtlarimiz shu kuni quyidagi bokschlarga qarshi ringa ko‘tarilishadi:
Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) – Isaak Zarate (AQSh)
Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Migel Zamudio (Meksika)
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Vladimir Ernandez (Meksika) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar