
Krishtianu Ronaldu 24 noyabrda Italiya chempionatining navbatdagi turida “SPAL” bilan uchrashuvda raqib darvozasiga gol urib, uni o‘zigagina xos tarzda nishonladi.
Happy to have helped the team on another important win!????????⚽️ pic.twitter.com/kH60tafhxi
— Cristiano Ronaldo (@Cristiano) November 24, 2018
Ronaldu golni nishonlash vaqtida yuqoriga baland sakrab, so‘ngra qo‘llarini yoygancha “Siiiii!” (Haaa) deb hayqiradi. E’tiborlisi, “Yuve”ning minglab muxlislari ham uning ortidan shu so‘zni jo‘rlikda qaytarishdi.
Wait for it... ???????????? @Cristiano @juventusfc #FinoAllaFine pic.twitter.com/jFscQDuJOp
— ???? (@freddyriver777) November 24, 2018
Xuddi shunday holat “San-Siro” stadionida Ronalduning “Milan” darvozasiga golidan keyin ham kuzatilgandi.
Ronalduning “Siiiii” hayqirig‘i 2015 yil yanvarda “Oltin to‘p” topshirilishi vaqtida paydo bo‘lgan. “O‘yinchilar men ushbu so‘zni gollar va g‘alabalardan keyin aytishimni bilishadi. Bu bizning jamoaviy hayqiriq”, deb aytgandi o‘shanda Ronaldu.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hayqiriq “Real”da 2011 yilda paydo bo‘lgan. Uni aynan kim o‘ylab topgani va urfga kiritgani noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar